insurez
02-07-2024 20:03

Gulobod mahallasida qanday muammolar bor?


Tuman hokimi S.Usmanov hamda sektor rahbarlarining navbatdagi sayyor qabulida Gulobod mahallasidagi muammolar muhokama etildi. 

Unda fuqarolar tomonidan mahallada elektr simyog‘ochlarning ayrimlarini yangisiga almashtirish, tibbiy yordam ko‘rsatish, toza ichimlik suvi ta’minoti borasida murojaatlar kelib tushdi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, mirgatsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash yuzasidan takliflar tinglandi.

Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, uning ijrosi bo‘yicha tegishli tashkilot vakillariga aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, keyingi vaqtlarda avj olayotgan kiber jinoyatlar xususida mu’lumotlar berildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda global axborot maydonida kiber makon bilan bog‘liq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Shu bois virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda.

Buning uchun turli yolg‘on ma’lumotlarga ishonmavsligi, har bir fuqaro ogoh bo‘lishi zarurligi tushuntirildi.


 

Teglar
- -