insurez
20-06-2024 11:31

Navbatdagi tibbiy ko‘rik Oqmachitda o‘tkazildi


Samarqand tuman Oqmachit mahallasida joylashgan 32-son oilaviy poliklinikada tuman tibbiyot birlashmasi tor mutaxassislari tomonidan aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shuningdek, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha Salomatlik va strategik rivojlantirish institutining Samarqand tuman bo‘limi mutaxassislarini va tibbiy brigada hamshiralarini jalb etgan holda, aholi orasida targ‘ibot aksiyalari, mahallada yosh onalar va bolalarni parvarish qilish, ovqatlanish ratsionining sifati va vitaminga boyligini ta’minlash kabi mavzular bo‘yicha mahorat va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

Teglar
- -