insurez
20-06-2024 15:17

OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi


Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 3130 gektar aholi tomorqalarida kartoshka, piyoz, sabzi, karam, rediska va boshqa ekinlar ekildi.

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni “loyihabay” va “xonadonbay” nazorat qilish tizimini joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari tashkil qilindi.

Hozirda aholi tomorqalaridan yiliga 3 marotaba hosil olayotgan xonadonlar 43 foizni tashkil etmoqda. Qolgan 57 foiz xonadonlar esa 2 marotaba hosil olmoqda.

Tuman hokimligi hamda tuman mahalla bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan press-turda OAV vakillariga shu va boshqa ma’lumotlar berildi.

Qayt etilganidek, bugungi kunda aholi xonadonlarining tamorqasining 3130 gektar yer maydonlarida yetishtirilgan jami 22 tonna mahsulotlar olinib, dehqon bozorlarda sotilmoqda.

Birgina misol, Samarqand tumanining Jarqishloq mahallasida bugungi kunda 1 950 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholisi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanib, tomorqalarda ko‘kat yetishtiradi.

Bugungi kunda mahallaning barcha 296 ta xonadonida 47 gektar tomorqada bir kunda 200 ming bog‘ ko‘kat yetishtirilib, ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda hamda Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinmoqda.

Bundan tashqari, mahallada yetishtirilgan mahsulotlarning sifat darajasini yaxshilash maqsadida 5 ta muzlatgich omborxonasi tashkil etilgan.

Bundan tashqari har bir mahallada bordring, pomidor va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tomorqalardagi issiqxonalarda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan ko‘p qirrali, shiddatli islohatlar, mahallalarni yanada rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni taqozo etmoqda. Chunki hozirgi yangilanishlar davrida mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilish lozim.

Shu bois, tumanimizga mahallalarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularga amaliy uslubiy ko‘maklashish va «Mahalla yettiligi» faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Samarqand tuman mahallalar uyushmasi tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmqoda.

Press-tur davomida ishtirokchilar mahalla tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Teglar
- -