insurez
13-06-2024 19:05

OAV vakillari uchun Samarqand tumaniga press-tur tashkil etildi


Samarqand tuman hokimligi hamda tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan press-turda ishtirokchilar dastlab, tumandagi “Chorva sut servis” qoramolchilik naslchilik fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi.

Shundan so‘ng OAV vakillari “Sam Teri Tayyorlov” MChJ qushxonasida bo‘lishdi. Bu yerda qoramollarni so‘yish va teri tayyorlash bilan bog‘liq ish jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.

Qayd etilganidek, ushbu qushxonada bir kunda 350 boshgacha bo‘lgan yirik shoxli va 500 bosh mayda shoxli mollarni so‘yish imkoni mavjud. Korxonada xozirgi kunda 30 nafar ish o‘rinlari yaratilgan. Shuningdek, veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tashkil qilingan. Bunda 2 nafar veterinariya vrachi ishlab kelmoqda. 
Mazkur kushxona teri xomashyosini yig‘ib olish bilan shug‘ullanib, joriy yil davomida 5500 dona teri xomashyosini ekportyor korxona bilan shartnoma asosida sotishga erishgan.

Press-tur davomida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilib, jurnalistlarning savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.

Teglar
- -