insurez
22-04-2024 16:27

Samarqand: integratsiyalashuv – taraqqiyot va birdamlik sari muhim qadam


Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqand tumanida joylashgan “A’zam Azamat Agro” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tomonidan tashkil etilgan chorvachilik kompleksi hamda bog‘ va uzumzor bilan tanishdi.

Vazir o‘z navbatida tadbirkorning faoliyati bilan tanishar ekan, ekin yetishtirish texnologiyasi va hosildorlikni oshirish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi. Bunda hosildorlik karrasiga oshishi, qolaversa, yetishtirilayotgan joyni iqtisod qilish, gorizontal uslubda emas, balki vertikal usulda yetishtirish zarurligini qayd etdi.

Shundan so‘ng, shu yerning o‘zida dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda ko‘zga ko‘ringan ishlab chiqaruvchi klaster rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda ayni paytda dunyodagi o‘zgarishlar fonida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bois, kechagi tajriba bugunga mos kelmayotgani, texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir paytda qishloq xo‘jaligi ekinlarini, xususan, paxtani tomchilatib sug‘orishga to‘liq o‘tkazish, kanal va ariqlarni betonlash orqali mavjud suv zaxirasidan unumli foydalanish, shuningdek yetishtirilayotgan mahsulotlarning qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bugungi davr talabi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

О‘z navbatida, mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtai nazaridan yondashish lozimligini qayd etdi.

Teglar
- -