insurez
14-06-2024 15:58

Samarqand tumani hokimligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi


Samarqand tumani hokimi S.Usmanov umumta’lim muassasalarida tahsil olgan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda bitiruvchilarning maktabni tamomlash arafasidagi rejalari to‘g‘risida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, rahbar tomonidan ertangi mustaqil hayotga qadam qo‘yishda to‘g‘ri tanlangan kasb hayot yo‘lini belgilashda muhim o‘rin tutishi tushuntirib berildi. 

Uchrashuv davomida 160 nafar bitiruvchilar  “O‘qishdagi muvaffaqiyatlari va namunali xulqi uchun” oltin hamda kumush medallar bilan taqdirlandi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, viloyat hokimning o‘rinbosari Husan To‘xtayev ishtirok etdi.

Teglar
- -