insurez
04-06-2024 20:12

Samarqand tumanida qishloq xo‘jaligida foydalanaladigan yerlar 15 674,6 gektarni tashkil etadi


Tuman hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023-yil qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlar to‘g‘risida so‘z yuritildi

Unda tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov ishtirok etdi.

-  Samarqand tumanining umumiy yer maydoni 19883,6 gektar bo‘lib, shundan qishloq xo‘jaligida foydalanaladigan yerlar jami 15 674,6 gektarni tashkil etadi, - deydi S.Uzoqov. - 4796,0 gektar sug‘orib xaydaladigan yer maydonlariga 2023-yil hosili uchun 1885 gektar g‘alla, 1506 gektar sabzavot, 700 gektar kartoshka, 612 gektar ozuqa ekinlar ekildi.

Tumanda 2023-yil hosili uchun 1885 gektar maydonga boshoqli don ekinlari ekilib, 12145 tonna g‘alla olindi. 1506 gektar asosiy maydonga sabzavot ekinlari ekilib, 42168 tonna mahsulot olidi. Shundan 400 gektar maydonda intensiv usulda 1800 tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirildi.

Qolaversa, 2023-yilda 700 gektar maydondan 14000 tonna kartoshka mahsuloti yetishtildi hamda g‘alladan bo‘shagan 1100 gektar maydonga kartoshka ekilib, 18700 tonna hosil olindi.

 Bundan 2023-yilda takroriy ekin sifatida 783 tonna dukkakli mahsulotlar, 39083 tonna meva 42200 tonna uzum maxsulotlarini yetishtirib aholi dasturxoniga yetkazib beridi.

Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, 2023-yilda tumanda 81.0 gektar eski, samarasiz, kam hosilli bog‘ va tok maydonlari o‘rniga yangi zamonaviy intensiv bog‘ va tokzor barpo qilindi.

Chorvachilik yo‘nalishida muayyan ishlar olib borildi.

Tumanda barcha toifadagi xo‘jaliklarda 51,8 ming bosh qoramol, shu jumladan 21,2 ming bosh sigirlar mavjud bo‘lib, bir yilda 5,7 ming tonna go‘sht, 55,1 ming tonna sut mahsulotlari yetishtirilib, aholining go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabi 1,2 martaga, sut mahsulotlariga bo‘lgan talabi 2,6 martaga qoplanadi.

Hududdagi ixtisoslashgan 44 ta chorvachilik fermer xo‘jaliklarida  3,6 ming bosh qoramollar mavjud bo‘lib, 2,4 ming boshi yoki 76.6 foizi naslli qoramollar tashkil qiladi.

Bu yo‘nalishda 2023-yilda “Maxmudov Oltinjon chorvachilik”, “Chorva sut servis” va “Sharopov Qamariddin baraka” fermer xo‘jaliklari tomonidan 180 bosh sut yo‘nalishidagi, “Rashid Chorvador agro”, “Baxt Baraka Chorva Yexro”, “Azizov Kurbon” va “Damir Amir agro” fermer xo‘jaligi tomonidan 780 bosh go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar keltiridi.

Natijada qo‘shimcha 1,8 ming tonna sut, 120 tonna tirik vaznda go‘sht yetishtirildi.

Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Teglar
- -