insurez
06-07-2024 18:21

Yo‘llar ravonligi—turmush farovonligi


Tumanda jami 991km avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan  ichki xo‘jalik yo‘llari 742 km, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 249 kmni tashkil etadi. Ichki xo‘jalik yo‘llariga tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.   Tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muacsasasi tomonidan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llariga  jumladan,

Xalqaro ahamiyatdagi 39 km, davlat ahamiyatdagi 16 km va 194 km mahalliy  ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarga xizmat ko‘rsatiladi,-deydi korxona rahbari Sanjar Aliev korxona faoliyatiga bag‘ishlangan press-turda.

   — 2024 - yilda umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash uchun  jami 3 953 683 000 so‘m ajratilgan bo‘lib, Xalqaro ahamiyatdagi avtoyo‘llar uchun 2 063 683 000 so‘m va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llar uchun 1 890 000 000 so‘mni tashkil qiladi. Yil boshidan buyon Xalqaro ahamiyatdagi M-39  ,,Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz’’ avtomagistralining 1081-1086 kmda  0-5 km oralig‘ida to‘liq tamirlandi. Mahalliy ahamiyatdagi avtoyo‘llarida esa 20 km joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, Konigil qog‘oz ishlab chiqarish turizm markaziga olib boruvchi avtoyo‘lini yoritish maqsadida 44 dona tungi yoritgichlar o‘rnatildi hamda 800 metr velosafid va piyodalar yo‘lagi barpo etildi. Chumchuqli mfy “Qumtepa” aholi punktida 500 metr, Mirzo Ulug‘bek mfy ichki yo‘lining 150 metri asfaltlashtirildi. Bundan tashqari yil yakuniga qadar mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarining  16 km qismida joriy ta’mirlash ishlari orib boriladi. Bugungi kunda avtotransportlar qatnoviga qulaylik yaratish maqsadida Xalqaro ahamiyatdagi M-37a avtomobil yo‘lida 350 metr yangi yo‘l qurish ishlari olib borilmoqda.  Shuningdek, fuqarolar tomonidan “ochiq buyudjet” loyihasiga kiritilgan takliflar orasida g‘olib topilgan Quyi Chordara MFYda 2.6 km qismida asfalt yotqizish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Teglar
- -