“1-sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Image_tadbir: 

Tumandagi Mirzo Ulug‘bek mahallasida “1-sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Firdavs Gʻaniyev so‘zga chiqib, Samarqand tumanida o‘tgan davr mobaynida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilgan ishlar, amalga oshirilgan isloxotlar to‘g‘risida malumot berdi. Har bir uchrashuvda yoshlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom etdi. Kelib tushgan murojaatlarga asosan yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i va tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktoriga tumandagi 18-30 yosh oralig‘idagi ishsiz yurgan yoshlarni qaysi sohalarda ishlash, istaklari borligini o‘rganib chiqib, kasbga o‘qitish, sertifikatlar berish va har bitta yosh bilan alohida muloqot o‘tkazish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida mahallada yashovchi 10 dan ortiq yoshlar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi. Tegishli tashkilot rahbarlariga murojaatlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash to‘g‘risida tushuntirish berildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM