Samarqand tuman hokimligida apparat xodimlari uchun “Davlat fuqarolik xizmatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Ayni vaqtda Samarqand davlat universiteti professori Farxod Nabiyevning davlat fuqarolik xizmatini samarali tashkil etishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglanmoqda.

Shuningdek, kun davomida “Aholi muammolarini o‘rganish va oldini olishda samarali muloqot madaniyati”, “Davlat xizmatchilarini psixologik barqarorligini oshirish. Shaxslararo munosabatlar, ziddiyatli vaziyatlar va ularni oldini olish” hamda “Hokimlik xodimlarining jamoatchilik va OAV bilan samarali aloqalarini tashkil etish. PR menejment” mavzularida maruzalar tinglanishi kutilmoqda.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM