Uch avlod vakillari uchrashdi

Yurtimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish go‘zal an’anaga aylangan. Bugun galdagi ana shunday uchrashuv Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasidagi Nodir Devonbegi majmuasida tashkil etildi.
Ushbu tadbirga yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksalar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif etildi. Uchrashuv Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasidagi Nodir Devonbegi majmuasini ziyorat qilish bilan boshlandi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar 33-umumta’lim maktabida bo‘lishdi. Nuroniylar bu yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Qayd etish kerakki, mazkur maktabda ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sport to‘garaklari, o‘quvchi qizlar uchun tikuvchilik, kasb-hunar o‘rganuvchi yoshlar uchun hunarmandchilik to‘g‘araklari faoliyat yuritib turibdi.
Uchrashuv davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, o‘zaro muloqotlar tashkil etildi. Muloqotda yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz yoshlik davridagi qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Bu uchrashuv yoshlar kelajakda to‘g‘ri yo‘l topishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.
Bu tadbir bir piyola choy estida davom etdi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM