“Mard o’g’lon” davlat mukofoti


E’LON

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard O’g’lon” davlat mukofoti ta’sis etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3402-son Qarori hamda unga ilova bilan “Mard o’g’lon” davlat mukofoti to’g’risidagi Nizom tasdiqlangan. Nizomga muvofiq, “Mard o'glon” davlat mukofoti ilmiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelayotgan 14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat soxalarida hamda hududni muxofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan aloxida yutuqlari uchun berilishi belgilangan. Shu munosabat bilan, fan-olimpiadalarda yuqori o'rinlarni egallagan, xalqaro va respublika miqiyosidagi tanlovlar va musobaqalarning g’oliblari xaqidagi ma’lumotlarni ilovadagi jadval asosida joriy yilning 1 mart kuniga qadar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand tuman Kengashiga taqdim etishingizni so’raymiz.

Manzil: Samarqand tuman Gulobod qo’rg’oni Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus kasb-hunar kolleji

(ma’lumot uchun tel: +998 66 612 53 07.)

Image_elon: 
2015-2024 © GOVERNMENT OF DISTRICT. Maked by: SAKTRM