insurez
28-12-2024 14:10

Uy-joylar va noturar obyektlar uchun xatlov jarayoni boshlangan


“Gulobod tongi” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aholining uy-joylari hamda kadastr sohasida raqamli texnologiyalarning joriy etilish holati xususida so‘z bordi.

Unda Samarqand tumani hokimining qurilish, to’siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik, yekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari Suxrob Mirsaidov ishtirok yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda yerning hisobini aniq yuritish va samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, qurilish, geologiya kabi ko‘plab sohalar uchun juda muhimligini takidlab, hududlarga safarlari chog‘ida doim bu masalaga alohida e’tibor qaratib, har bir qarich yer xalqimizga manfaat keltirishi kerakligini ta’kidladi. Shu bois tizimni isloh qilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari kadastr idoralarining eng asosiy vazifasi yerning hisobi va balansini yuritish bo‘lishi kerakligini qayd etdi. Yil yakuniga qadar yer turi, konturi, chegarasi va foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlar jamlangan axborot tizimini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Endi yer ajratish to‘g‘risidagi qaror mazkur tizimga kiritilsagina haqiqiy hisoblanadi dedilar.

Mazkur qaror yuzasidan Samarqand tuman Kadastr palatasi filiali xodimlari tomonida bugungi kunda keng qamrovli xatlov ishlari boshlangan. Xatlov ishlari yakuniga yetsa barcha uy joylar va noturar obyektlar bazaga kiritilib, kadastr sohasida raqamli texnologiyaga to‘liq o‘tishga imkon yaratiladi. Va bu qaror yuzasidan ishlar amalga oshirilyabdi.

Teglar
- -