Ozgina e’tibor ham bemorga katta madad

Bemori bor xonadonga nafaqat tibbiy xizmat ko‘rsatish, balki uning holidan xabar olish ham insoniylik burchdir.
Tuman hokimi, IIB boshlig‘i va bir qator mutasadda rahbarlar Mirishkor mahallasida istiqomad qiluvchi Nurali Mirzayev xonadonida bo‘lib, turmush o‘rtog‘i va farzandlari holidan xabar olishdi.


- Ozgina e’tibor ham bemorga katta madad beradi, - deydi N.Mirzayev. – Turmush o‘rtog‘imning holidan xabar olish uchun kelgan tuman rahbarlari butun oilamiz a’zolarining ko‘nglini ko‘tardi. Ayniqsa, biroz qiyinchiliklarga duch kelgan vaqtimiz moddiy yerdam ko‘rsatishidan mamnunmiz.
Shuningdek, xonadonga kerakli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Xonadonni ta’mirlash masalasi ham alohida e’tiborga olindi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM