Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokama etildi           

Samarqand tumanidagi 115-maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Mo‘minovlar ishtirok etdi.


-  Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha qonun loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida alohida muhokama etilmoqda, - dedi so‘zining avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev. - Ushbu loyihaga aholi tomonidan ko‘plab muhim takliflar bildirilmoqda.
Uchrashuvda konstitusiyamizning 60 dan ortiq moddalariga 200 dan ortiq tuzatishlar kiritilayotgani ta’kidlandi. Mazkur tuzatishlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng tushuncha barildi. Shuningdek, ishtirokchilarning bu boradagi fikr va takliflari tinglandi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM