Do‘stlikda o‘zgarishlar katta

Hozir islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotgani uchun hayotimizda har kuni qandaydir bir muhim o‘zgarish, yangilik bo‘layapti. Buni ko‘pchilik o‘z turmushida ham yaqqol guvohi bo‘layotgani bor gap.
Samarqand tumanidagi Do‘stlik mahallasida bo‘layotgan yangilanishlar mahalla ahlining hayotida ham katta burilish yasamoqda. Negaki bu yerda aholisining turmush darajasini yaxshilash, ularning doimiy daromad manbalarini yaratish, qishloqning arxitektura qiyofasini yangilash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.
Jumladan, 9 kilometr ichki va asosiy yo‘llarni yaxshilash, tosh-shag‘al va asfalt qoplamasi yotqizish hamda betonlashtirish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar ikki kilometr yo‘lga asfalt yotqizildi. 1,5 kilometr yo‘lga tosh-shag‘ar to‘kildi. Bundan tashqari 1 ta suv inshootini rekonstruksiya qilinadi va 1 ta yangi suv inshooti barpo etiladi. 5 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi.
Ayni vaqtda mahallada muddatini o‘tab bo‘lgan elektr simyog‘ochlari yangisiga almashtirilmoqda. Shuningdek, 1 ta yangi transformator o‘rnatish, 3,8 kilometr elektr tarmoqlari tortish ishlari jadal ketmoqda.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM