Hokim yordamchilari o‘zaro tajriba almashdi

Tumandagi Do‘stlik mahallasida tashkil etilgan seminarga setor rahbarlari, mahallalardagi hokim yordamchilari taklif etildi. Unda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va ish o‘rinlarini yaratish to‘g‘risida so‘z yuritildi. Do‘stlik mahallasi hokim yordamchisi Baxodir Abduraxmonov faoliyatida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha o‘z taqdimotini namoyish etdi.
-  Xatlov jarayonida mahallamizda 535 ta xonadonda 684 ta oila va 3081 nafar aholi istiqomat kilib kelayotgani aniqlandi, -  deydi Baxodir Abduraxmonov. – Shundan 1561 nafar erkaklar, 1520 nafar ayollar, 880 nafar yoshlar, 264 nafar nafaqa yoshidagilar, 25 nafar nogironligi bor va 8 nafar yakka yolg‘izlar tashkil etadi. Xatlov o‘tkazilgan 535 ta xonadon 4 toifaga ajratib olindi. Natijada 1-toifa daromadi kam, ishsiz a’zolari bor, daromad topishga va kasb-hunar o‘rganishga harakati bor xonadonlar soni 107 tani (20 %) tashkil etdi. 2-toifa doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar soni 171 tani (31 %) tashkil etmoqda. Shuningdek, 3-toifa ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar soni 32 tani (6 %) tashkil etgan bo‘lsa, 4-toifaga kiruvchi iqtisodiy ahvoli yaxshi xonadonlar soni 235 tani (43%) tashkil qildi.
Aholining ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan qatlami aniqlanib, “Temir daftarga” 5 ta oila, “Ayollar daftariga” 68 nafar xotin-qizlar va “Yoshlar daftari”ga 16 nafar yoshlar, jami 89 ta oila ruyxatga olindi. Shundan 5 ta “Temir daftar”da turgan oilalarga 30 million so‘mlik asbob-uskunalar, 2 ta oilaga 25 donadan tovuq xamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 21 nafar xotin-kizlarga 1 million 80 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordamlar kursatildi.
Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari bilan yaqindan tanishishdi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, olib borilgan ishlarning samarasiga o‘zlari guvoh bo‘lishdi.
Samarali yo‘lga qo‘yilgan ishlar borasida o‘zaro fikr, tajriba almashdi.

2015-2022 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM