Shalg‘amon mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Qabulda tuman hokimi S.Usmаnov va sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi mudiri, maktabgacha ta’lim bo‘limi, bandlik, tibbiyot birlashmasi, huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdi.

Unda Qavchinon, Dehnav va Oqmachit mahallasi fuqarolari ham qatnashib, 30 dan ortiq murojaati tinglandi.
Uchrashuvda asosan murojaatlar yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash hamda kommunal soha masalalariga oid bo‘ldi. Har bir murojaat ijrosini ta’minlash uchun mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM