"Keksalar turizmi oyligi”da qanday imtiyozlardan foydalanish mumkin?

Noyabr oyi O‘zbekistonda “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 340-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq, mamlakat bo‘ylab keksa avlod vakillarining sayohat qilishini rag‘batlantirish maqsadida “Keksalar uchun turizm oyligi”ni tashkil qilish vazifasi belgilangan.

Joriy yilning noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilingan, bunda keksalar turizm oyligini munosib o‘tkazish, ularning dam olishlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Respublikadagi 212 ta joylashtirish vositalari (mehmonxona va mehmon uyi) xizmatlari uchun 50 foizgacha, 114 ta umumiy ovqatlanish joyidagi xizmatlar uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.

Bundan tashqari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 14 hudud bo‘yicha ziyoratgohlar va qadamjolarni o‘zaro bog‘lagan ichki turizm sayohat dasturlari ishlab chiqilib, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan barcha hududlardan fuqarolar yig‘inlaridagi keksa avlod vakillaridan iborat faollarni keng jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda ichki turizmga ruxsat berilgani munosabati bilan keksalarning dam olishini mazmunli tashkil etishda ularning salomatligi va xavfsizligi ta’minlanib, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilinadi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM