Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashining yetmish ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Unda Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanovning “Samarqand tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida”gi hisoboti tinglandi.
Shuningdek, Samarqand tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizovaning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-345-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini o‘rganish natijalari to‘g‘risida”gi, tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i A.Gaybiyevning “Samarqand tumanida hokim yordamchilarining faoliyatini tizimli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti hamda Samarqand tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i J.Melekovning “Samarqand tumanida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisobotlari eshitildi.
Tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Sh.Xasanov Samarqand tumanida aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham keng ma’lumot berdi.

2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM