Events

O‘rta Ohalik mahallasida tuman hokimligi mutasaddilari yoshlar hamda aholi murojaatlarini qabul qildi

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qildi. Xususan, davlat xizmatlari, pensiya va nafaqa tayinlash, yoshlar bandligi masalalarida 20 dan ortiq aholi muammosi o‘rganildi.

Kelib tushgan murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumandagi tegishli tashkilot va korxonalarning mas’ullariga ko‘rsatmalar berildi.

Image_tadbir: 

Muammoni bartaraf etildi

Biroz avval Samarkand – LIVE (https://t.me/Samarqand_live/16527) telegram kanali orqari Samarqand tuman Shirinobod MFYda ishlovchi hokim yordamchisidan mahalladagi Navro‘z qishlog‘ida 1966 yilda qo‘yilgan transformatorni almashtirish bo‘yicha ko‘plab mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilganligi to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilindi.

Mazkur holatni ijobiy yechish maqsadida tuman hokimligi mas’ul xodimlari va tegishli tashkilot vakillari muammoni bartaraf etdi.

Image_tadbir: 

Мурожаатнома ҳаётимизда қандай аҳамиятга эга?

Бугун туман ҳокимлигида Юртбошимизнинг Олий Мажлис ҳамда халқимизга йўллаган Мурожаатномасининг мазмун-моҳиятини кенг тарғиб қилишга бағишланган тарғибот тадбири бўлиб ўтди.

Image_tadbir: 

Бевосита мулоқотда солиқ янгиликлари муҳокама қилинди

2021 йилнинг 1 январидан бошлаб солиқ қонунчилигига бир қатор ўзгартиш ва қўшимчалар киритилди. Жойларда мазкур янгилик ва ўзгаришлар юзасидан тадбиркорлик субъектлари вакиллари, ҳисобчилар билан бевосита мулоқотлар ўтказилмоқда.

Image_tadbir: 
2015-2024 © Samarqand tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM