insurez
14-01-2025 12:34

2024 yil hosili uchun 1735 gektar maydonga boshoqli don ekildi


G‘alla nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsuloti, u avvalo rizq-ro‘zimiz hamdir. Dasturxon ko‘rki bo‘lgan non tiriklik manbai hisoblanadi. Chunki nonsiz birorta taomni tanavvul qila olmaymiz. Shuning uchun ham farovonligimiz asosini don tashkil etadi. Doni mo‘l eldan qut-baraka va fayz arimaydi.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shakat Hasanov ishtirokida o‘tgan navbatdagi matbuot anjumanida shu xususida so‘z yuritildi.

Ta’kidladiki, o‘tgan 2024 yil hosili uchun 274 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 1735 gektar maydonga boshoqli don ekinlari to‘liq ekilib, jami 4711 tonna boshoqli don tumandagi g‘allachilik klasteriga topshirildi.

Qishloq ho‘jaligi sohasida xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani tufayli uning ulushi tobora ortib borayotgani quvonarli holat. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlar yangi bosqichga olib chiqilib, ichki bozorda narxlar barqarorligi ta’minlanmoqda. G‘allaning kerakli bo‘lgan hajmidan tashqari davlat xaridlaridan to‘liq voz kechish hisobiga investitsiyaviy jozibadorlik oshirilib, donni birja savdolarida cheklovlarsiz sotishga imkon yaratilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, g‘alla maydonlarini kengaytirish va hosildorlikni oshirish, chekka va olis qishloqlarga un va un mahsulotlarini etkazib berish bo‘yicha berilgan, shu kabi qator topshiriqlarning sohaga tatbiq etilishi, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Teglar
- -