2024-yilda 436 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ta’minlandi
“Gulobod tongi” gazetasi tahririyatida tumanda aholini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan hamda Inson qadri uchun degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish maqsadida 2024-yilga belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Bahriddin Xonkeldiyev ishtrok etdi.
Ta’kidlandiki, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda 2023 yil 1 may kuni yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz qabul qililndi. Bosh qomusimizning 1-moddasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilab qo‘yildi va ijtimoiy majburiyatlarga doir normalar 3 barobarga oshganligi, mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilanganligi yuqorida sanab o‘tilgan aholi toifalarining davlat tomonidan kafotlatlangan xizmatlardan foydalanishini ta’minlashda davlat xizmatchilariga bor kuch-g‘ayrat bilan ishlash va qo‘shimcha mas’uliyat yukladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Prezidentimizning 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82-sonli Farmoni bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tashkil etildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash, ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning 436 nafarining bandligi ta’minlandi. 657 nafari reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va protez-ortopediya moslamali bilan ta’minlandi. 82 nafari parasportga jalb qilinib, 57 nafari kasb-hunarga o‘qitildi. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan reabilitatsiya markazida 501 nafar, viloyatdagi reabilitatsiya markazida 260 nafar, xususiy sektordagi reabilitatsiya markazida 65 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar va 75 nafar bolalar reabilitatsiya qilindi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka yolg‘iz, yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning 82 nafarining yo‘qolgan hujjatlari markaz aralashuvi bilan qayta tiklandi. 35 nafar yolg‘iz yashovchi keksalarning qarindoshlari bilan munosabati tiklandi. 5 nafari reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan 2 nafari esa protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlandi. 29 nafariga ijtimoiy xodim assistentlari biriktirildi, 9 nafari to‘garaklarga jalb qilindi, 36 nafarining yashash sharoitlari moslashtirildi va 124 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bundan tashqari 201 nafar fuqarolar ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi 11 ta sanatoriyaga yuborilib sog‘lomlashtirildi.
Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasi ham faoliyatimizning asosiy yo‘nalishi sifatida belgilangan bo‘lib, tumanimizda mazkur sohada ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bolalarning 324 nafariga vasiylik va 103 nafariga esa homiylik tayinlandi. Ularning barchasi mahallada ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan monitoring qilindi. Ikki nafar yetim bolalar uy-joy bilan ta’minlandi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizkivoyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida joriy yilda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, yetim, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va ota-onasi migratsiyada bo‘lgan jami 402 nafar 0-14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash, jami 193 nafar 14-23 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun "Yoshlarga hamrohlik dasturi" ishlab chiqib, ularga 323 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatish, 5 nafar bolalarni imtiyoz asosida oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish, 11 nafar bolalarni bandligini ta’minlash, 178 nafar bolalarni sport va fan to‘garaklariga jalb qilish va sertifikat olishiga ko‘maklashish, Toyloq tajribasi asosida "Ilk rivojlanish" markazini Konigil mahallasidagi 53-maktabda tashkil etildi, dastlab bolalar sonini 60 nafarga, keyinchalik 120 nafarga yetkazish va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil rejalashtirilgan.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.