insurez
07-01-2025 17:02

990 nafar yoshlarga turli yo‘nalishlarda yordam ko‘rsatildi


“Gulobod tongi” gazetasi tahririftida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Anjumanda Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirok etdi.

Qayj qilinganidek, tumanda yoshlar bilan ishlash davomida 1069 nafar yoshlar 2024 yil yanvar oyidan “Yoshlar daftari”ga kiritilib, yil yakuniga qadar 990 nafar yoshlarga 2 mlrd 123 mln. so‘mlik “Yoshlar daftari”dan turli yo‘nalishlarda yordam ko‘rsatildi.

Jumladan, 39 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 56 nafariga o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida 248 mln. so‘mlik asbob-uskuna ajratildi. Shuningdek, 261 nafariga 686 mln. so‘mlik to‘lov kontrakt to‘lab berildi, 48 nafari 146 mln. so‘mlik “Kelajak-kasblari”ga o‘qitildi, 168 nafariga 346 mln. so‘mlik tibbiy xizmat ko‘rsatildi, 81 nafariga 543 mln. so‘mlik SChR to‘lovi to‘lab berildi hamda 185 nafariga yer ajratildi. 152 nafariga boshqa yo‘nalishlar orqali yordam ko‘rsatildi.

Daftarda qolayotgan yoshlarni “Yoshlar daftari”dan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Teglar
- -