Aholi farovonligi asosiy vazifa. Bu borada qanday ishlar olib borilmoqda?
“Gulobod tongi” gazetasi tahririftida o‘tgan matbuot anjumanida shu boradagi ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Anjumanda tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari Baxriddin Xonkeldiev ishtirok etdi.
Ta’kidlandiki, 2024 yilda bandlik dasturiga asosan 23 ming 88 ta doimiy, mavsumiy va vaqtincha yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dastur rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 23 ming 814 ta doimiy, mavsumiy va vaqtincha yangi ish o‘rinlari yaratildi. Sohalar va tarmoqlar kesimi bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, 19 ming 450 nafar fuqaroni “Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik” yo‘nalishida hududlarda tashkil etiladigan mikroloyihalar va mikromarkazlar, savdo-servis, hunarmandchilik, turizm va norasmiy ishchilarni rasmiylashtirish hisobidan bandligi ta’minlandi. 8131 nafar fuqaroni qishloq xo‘jaligi yunalishida dehqon xo‘jalik uchun yer ajratish, klasterlarga, fermerlarga, pillachilik, takroriy ekin uchun yerni ijaraga berish hisobidan bandligi ta’minlandi. 4761 nafar fuqaroni investitsiya yunalishda va 1250 nafar fuqaro qurilish yunalishida band qilindi. Mazkur ishlarning barchasi aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, yanvar-oktyabr oylarida mahallada 2937 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb qilindi. 856 ta yuridik korxonalar tashkil eitildi. Shu bilan birga 1 628 ta YaTTlar tashkil eitilib, 2374 ta dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
2024 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-55, PQ-39 sonli qarorlari ijrosi yuzasidan 2294 nafar fuqaroga 31,1 mlrd. so‘mlik hokim yordamchilari tomonidan ijobiy tavsiyanomalar berildi.
Ajratilgan kreditlar yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinganda 5 ta asalarichilik yo‘nalishida qiymati 120,7 mln. so‘mlik, 347 ta qishloq xo‘jaligi texnikasi yo‘nalishida 2,2 mlrd. so‘mlik, 733 ta parrandachilik yo‘nalishida 2,7 mlrd. so‘mlik, 637 ta tikuvchilik yo‘nalishida 5,6 mlrd. so‘mlik, 214 ta xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 11.2 mlrd. so‘mlik, 358 ta chorvachilik yo‘nalishida 9,3 mlrd. so‘mlik loyihalarga ijobiy tavsiyanomalar berildi.
Tumanimizda hokim yordamchilari ko‘magida 305 nafar fuqaroga jami 2 mlrd 862 mln so‘mlik asbob uskunalarga subsidiyalar ajratilishi uchun ijobiy tavsiyanomalar berildi.
2024 yilning o‘tgan 12 oyida 1164 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlik kurslariga o‘qitildi. Hokim yordamchilari ko‘magida 12 oy davomida 2028 ta 117, 7 mlrd so‘mlik mikroloyha ishga tushirilib, mazkur loyhalar qoshida jami 3626 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.