Bugun tuman hokimligida yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akbar mahmudov ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, Samarqand tumanda 74 tamahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyat olib bormoqda. Tuman mahalllarida joriy yilning yanvar-fevral oylarida olib borilgan xatlov jarayonida yoshlar balansi shakllantirilib, 65 ming 977 nafar 14-30 yoshdagi yoshlar aniqlanib, ular 3 toifaga yashil, sariq hamda qizil toifalarga ajratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilda o‘tkazilgan xatlov natijasiga ko‘ra “Yoshlar balansi”qa kiritilgan “Og‘ir” toifadagi 513 nafar yoshlar bilan belgilangan tartibda induvidual ishlash belgilangan.
“Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida xatlov asosida 513 nafar yoshlar 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 19 tatashkilot rahbarlariga biriktiriladi va natijada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish orqali hayoti yaxshilanishiga ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Bugungi kun holatiga ko‘ra ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olingan yoshlar soni 1374 nafarni shundan 214 nafari professional ta’lim (kollej, texnikum, kasb-hunar maktablari)ga, 1144 nafari OTM (davlat, xususiy, chet)ga,16 nafari OTMdan keyingi ta’lim(magistr)ga qamrab olingan.
Ishlash istagi yo‘qlar 207 nafari, shundan oilvaviy imkoniyati yaxshilar 157nafar hamda uy bekasi 50 nafarni tashkil qildi. Mehnat bozoriga yangi ishchi kuchi sifatida kirib kelayotgan yoshlarning bandligini taminlash hayotda munosib o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashishga mutasaddi rahbarlar bilan aniq chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xorijdagi yoshlar xatlovdan o‘tkazilib, jami 12 oydavomida 366 nafar yoshlarni vatanga qaytarilib, bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Sh.Mirziyoev raisligida joriy yilning 12 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlarning navbatdagi yig‘ilishi Huquq-tartibot va mudofaa organlari rahbar kadrlariga mahallabay yoshlarni bo‘lib berish, ularni 7 toifaga bo‘lib, otaliqqa olish, yoshlar bilan ishlashda amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ushbu yo‘nalishlar kesimida o‘rganishlar va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish ishlari amalga oshirish belgilangan.
Samarqand tumanidagi 19 ming 273 nafar yoshlar otaliqqa olindi. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda Samarqand tumanidagi 19 ming 273 nafar yoshlarni 74 ta MFYlarga 6 ta huquq-tartibot va mudofaa organlari sektorlarga bo‘lingan holda 81 nafar mas’ullariga biriktirildi.
2024 yilning mart oydan boshlab mahalla yoshlar o‘rtasida besh tashabbus olimpiadasiga start berildi. Bu yilgi mavsumda 12 sport musobaqalari, 2 ta madaniyat va san’at yo‘nalishi, 1 ta kompyuter texnologiyalari va ayti yo‘nalishi, 5 ta kitobxonlik va intelektual o‘yinlar, 5 ta kasblar tanlovi hamda 1 ta paralimpia o‘yinlari kiritilgan.
Bugungi kunga qadar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichi natijalariga ko‘ra jami6tayo‘nalishda tuman yoshlari o‘rin egallagan bo‘lib, jumladan stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rin, Mini-futbol (o‘g‘illar) bo‘yicha 3-o‘rin, Paralimpiada bo‘yicha 3-o‘rin, “Yoshlar ovozi” tanlovi bo‘yicha 3ta3-o‘rin bo‘yicha tumanimiz yoshlari o‘rin olishdi.
Anjumanda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob qaytarildi.