Joriy yilda 990 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”dan chiqarildi
Bugun “Gulobod tongi” gazetasi tahririyatida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mazkur ishlar sarhisob qilindi.
Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirok etdi.
Anjumanda tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalarga ahm alohida to‘xtaldi.
Aytib o‘tilganidek, tumanda yoshlar bilan ishlash davomida 1069 nafar yoshlar joriy yil boshidan “Yoshlar daftari”ga kiritilib, bugungi kunga qadar 990 nafar yoshlarga 2 mlrd 123 mln. so‘mlik turli yordamlar ko‘rsatilgan. Natijada “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.
Jumladan, 39 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. 56 nafariga o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida 248 mln. so‘mlik asbob-uskuna ajratildi. 261 nafariga 686 mln.so‘mlik to‘lov kontrakt to‘lab berildi. Shuningdek, 48 nafari, 146 mln. so‘mlik Kelajak-kasblariga o‘qitildi, 168 nafariga 346 mln.so‘mlik tibbiy xizmat ko‘rsatildi, 81 nafariga 543 mln. so‘mlik SChR to‘lovi to‘lab berildi. Bundan tashqari 185 nafariga yer ajratildi, 152 nafari boshqa yo‘nalishlarda orqali yordam ko‘rsatildi.
Daftarda qolayotgan 21 nafar yoshlarni dekabr oyining oxirigacha chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.