insurez
28-12-2024 14:52

Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


“Gulobod tongi” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Samarqand tumani hokimining qurilish, to’siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik, yekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari Suxrob Mirsaidov ishtirok yetdi.

Joriy yilda Samarqand tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash borasida samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 86 km tuproq ko‘chalar shag‘allashtirildi, fuqarolar tashabbusi bilan “open byudjet” tashabbusli byudjet dasturi orqali Yuqori Chordara mahallasida 2.7 km, Xishrav mahallasida 2.5 km yo‘llarga asfalt yotqizildi. Qolaversa maxsus dastur doirasida tumandagi to‘qqizta mahallada 7 km ko‘chalarga asfalt yotqizildi. Xalqaro yo‘l toifasiga kiradigon yo‘llar ta’mirlandi.

Qolaversa kommunikatsiya sohasida ham tumanda jadal ishlar olib borildi. Uztelekom korxonasi tomonidan 25 km yangi internet tarmoqlari tortilib, aholiga internet tizmi ulab berildi. 30 km tarmoq qaytadan ta’mirlandi.

Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan yangi 16000 mt yangi tarmoqlar tortildi 18000 mt tarmoqlar muakammal ta’mirlandi va bugungi kungacha ishlar jadal davom yetmoqda.

Teglar
- -