Samarkand tumanida 193 ta xonadonda umumiy quvvati 1142 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan
Samarqand tumanida quyosh panellarini o‘rnatish rejasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun muhim energetik manbaini yaratishga qaratilgan. 2024 yil uchun aholi xonadonlarida jami 500 ta quyosh paneli o‘rnatish rejalashtirilgan. Ushbu reja doirasida umumiy quvvati 2500 kVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish maqsad qilingan.
OAV vakillari uchun Samarqand tumanida qayta tiklanuvchi elektr energiyasi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan press-turda shu xususida ma’lumot berildi.
Hozirgi kunda Samarkand tumanida 193 ta xonadonda umumiy quvvati 1142 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan. Bu o‘z navbatida aholida quyosh energiyasidan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va energiya resurslarini tejash uchun yordam bermoqda. Quyosh energiyasidan foydalanish nafaqat ekologik, balki iqtisodiy jihatdan ham zaruriyatga aylanmoqda.
Ishtirokchilar Samarqand tumanidagi “SAMPOLYTEX” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, bu yerda quyosh panellarining samradorligi bilan tanishdi.
Qayd etilganidek, tadbirkorlik sub’yektlari uchun ham quyosh panellarini o‘rnatish rejasi keng ko‘lamda ta’minlanmoqda. Tuman hokimligi ushbu sub’yektlarga jami 1400 kVt quyosh paneli o‘rnatishni maqsad qilgan. Hozirda, tadbirkor umumiy quvvati 20430 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatish uchun kengaytirilgan dasturlarni amalga oshirgan. Bunday holat tadbirkorlik faoliyatini samaradorligini oshirish va energiya to‘g‘irdagi xarajatlarni kamaytirishga katta ta’sir ko‘rsata oladi.
Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat energetika sohasini rivojlantirish, balki aholining jonli xo‘jaliklarining barqaror rivojlanishini ham ta’minlaydi. Shuningdek, aholini quyosh energiyasini osonlik bilan foydalanishiga o‘rgatish va bu orqali ekologik samaradorlikni oshirish yo‘lida katta ishlar olib borilmoqda.
Bundan tashqari ushbu loyihalar mahalliy ish o‘rinlarini oshirish, investorlarni jalb qilish va ko‘chmanchi xizmatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish tarafdoridir. Maqsad — tuman aholisini energiya manbalari bilan ishonchli ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlash va yashil energiya manbalariga o‘tishni tezlashtirish.
Press-turda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.