insurez
08-01-2025 20:08

Samarqand tumanida seminar tashkil etildi


Samarqand tumanida tomorqa yer egalari tomonidan xonadonlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.Gulyamov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F.Abilov, tuman hokimi S.Usmanov hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Dastlab seminar ishtirokchilari Samarqand tumani O‘zbekkenti mahallasidagi "SAM AGRO СENTER" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan "Tomorqa va dehqon xo‘jaligi yo‘nalishlarida aholini o‘qitish, yerga ishlov berish, mahsulotlarni yetishtirish va sotishgacha bo‘lgan jarayonlar"ni tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Shuningdek, Konigil mahallasida tashkil etilgan 52 ta zamonaviy aholi dam olish maskanlari, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish va savdo yo‘nalishlarda shaxobchalaridan iborat tushkil etilgan turizm obektlari faoliyati bilan tanishdi hamda 52-umumta’lim maktabida ta’limni rivojlantirish orqali kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Seminar ishtirokchilarining keyingi manzili “Jo‘yi Abbos” mahallasi bo‘ldi. Bu yerda aholi xonadonlarida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanish, ish bilan bandlik holatlari o‘rganildi. “Navobod Naslli Parranda” xususiy firmasida naslli parrandachilikni rivojlantirish, tovuq yemini ishlab chiqarish hamda kambag‘al oila a’zolarini o‘qitib ishga qabul qilish faoliyatini ham ko‘rdi.

Seminar davomida mas’ul tashkilot vakillariga mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikdan holi hududga aylantirish borasida tavsiyalar berildi.

Teglar
- -