insurez
29-01-2025 18:13

Samarqand tumanida “Uy mehnatini rivojlantirish klasteri” yo‘lga qo‘yiladi


Samarqand tumanida “Uy mehnatini rivojlantirish klasteri” yarmarkasi tashkil etildi.

Unda tuman hokimi S.Usmanov, sektor rahbarlari, tadbirkorlar, hunarmandlar, mahalla faollari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirokchilarga yarmarkaning ahamiyati, kasanachilik bilan shug‘ullanishning afzalliklari tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek, Samarqand tumanida kasanachilik bilan shug‘ullanish istagi bor oilalarga yarim tayyor mahsulot yetkazib berish, tayyorlash va sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rgatuvchi o‘kuv kurslarini tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan.

Bugungi kunda kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan oilalar 2651 tani tashkil etib, o‘rtacha 4-5 million so‘m oylik daromad olyayotgan bo‘lsa, uy mehnati klasteri yuqoridagi jarayonlarni muvofiqlashtirib, yil davomida uy mehnati bilan band aholi sonini 7000 nafarga yetkazish maqsad qilib olingan. Shuningdek, ayni kunlarda kasanachilik bilan shug‘ullanish istagi bor oilalar 236 tani tashkil qilmoqda.

.

Yarmarkada kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish, do‘ppido‘zlik, milliy taqinchoqlar yasash, supurgi yetishtirish va tayyorlash, atlas va adras to‘qish, pishiriqlar pishirib yetkazib berish, gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash va boshqa ko‘plab kasanachilik turlari bilan aholini band qilish va ularning daromadini oshirish uchun har bir mahallada targ‘ibot ishlarini olib borish zururligi qayd etildi.

Yaramarkada ishtirokchilar hunarmad va tadbirkorlar tomonidan taqdim etilayotgan qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Bundan tashqari ishtirokchilar korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan bo‘sh ish o‘rinlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Teglar
- -