insurez
10-07-2024 11:12

Samarqand tumanida “Xavfsiz oila” profilaktik tadbirlar o‘tkazildi


Samarqand tumanida “Xavfsiz oila” profilaktika tadbirlari doirasida seminar tashkil etildi.

Unda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmanova, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Baratova, tuman IIB JXX HPB xotin-qizlar masalasi bo‘yicha katta inspektori, tumandagi hamkor tashkilot rahbarlari, mahallada xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. 

Seminarda so‘zga chiqqanlar mahalla kesimida noqobil oilalar bilan ishlash, jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan fuqarolar bilan yakka tartibda ish olib borish, profilaktika inspektorlari tomonidan mahalla yettiligi bilan mahallalarda turmush o‘rtog‘i, farzandlari yoki qo‘ni-qo‘shnilar bilan muntazam janjallashib kelayotgan oilalarni aniqlab, ular bilan profilaktik tadbirlar olib borish va ishlash tartibi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olish to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.


 

Teglar
- -