Samarqand tumanidagi 74 ta mahallaga sport jihozlari tantanali topshirildi
Bugun Samarqand tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari uchun mahalla yoshlari yetakchilariga sport anjomlaridan iborat "Prezident sovg‘alari"ni topshirish marosimi o‘tkazildi.
Tantanali marosimda tuman hokimining o'rinbosari Akbar Maxmudov ishtirok etib, musobaqalarning bu yilgi mavsumida ham haqiqiy iqtidor egalari mahalladan kashf etilishiga ishonch bildirildi.
Sport vazirligi tomonidan yetkazilgan 148 dona futbol, 148 dona voleybol, 148 dona basketbol hamda 74 ta gandbol to'plaridan iborat sport jihozlari 74 ta mahalla yetakchilariga taqdim etildi.