Samarqand tumanining 1612 nafar yoshlari chet davlatlarida bo‘lib, 266 nafari o‘qish maqsadida chiqib ketgan
“Gulobod tongi” gazetasi tahririftida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tumandagi dunyoning turli nuqtalarida bilim olib hamda mehnat qilib daromad topayotgan fuqarolarni va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Anjumanda Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, bugungi kunda Samarqand tumanida 0-30 yoshdagi yoshlar soni 135 ming 626 nafarni, 14-30 yoshdagi yoshlar esa 65 ming 977 nafarni tashkil etmoqda. 2023-2024 o‘quv yilida umumta’lim maktablarni bitirayotgan 3246 nafar o‘quvchi yoshlarning 1374 nafari ta’limni keyingi bosqichi bilan qamrab olindi. 161 nafarini doimiy ish o‘rinlariga, 61 nafarini zamonaviy kasb va tadbirkorlikka o‘qitish, 36 nafariga subsidiya ajratish, 35 nafariga yer maydoni ajratish, 46 nafariga kreditlar ajratish ishlari olib borildi hamda 351 nafarini yangi tashkil etilgan ish o‘rinlariga joylashtirildi.
Samaqarnd tumanida bugungi kunda 13 ming 995 nafar fuqaro chet davlatlarida bo‘lib, 1617 nafari qaytib kelganlarni tashkil etadi. 1612 nafar yoshlar migiratsiyada bo‘lib, 266 nafari o‘qish maqsadida chiqib ketgan. Migratsiyadan qaytgan yoshlarning 61 nafariga yer maydonlari, 81 nafariga kredit mablag‘lari ajratildi.
Anjumanda shu va boshqa ma’lumotlar yuzasidan savollarga javob qaytarildi.