insurez
14-10-2024 11:21

Svetafor Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ta’mirlanadi


Viloyat hokimligi axborot xizmatining so‘rovida Samarkand tuman Radjabamin mahalasidagi svetafor bir necha kundan beri ishlamasligi va yo‘l harakati ishtirokchilari aziyat chekayotgani bildirilgan.

Tuman hokimligi mas’ullari bilan mazkur holat o‘rganildi. Aniqlanishicha ushbu mahalla hududidan o‘tivchi yo‘lda o‘rnatilgan svetaforlar Samarqand shahri obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ta’mirlanishi ma’lum bo‘ldi. Tuman hokimligi hamda Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu svetafor ta’mirlandi

Teglar
- -