tuman hokimi obodonlashtirishni o'rgandi
Bugun Samarqand tumani hokimi S.Usmanov Xo‘ja Ahrori Vali mahallasida obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida noqonuniy qurilish obektlarining oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Shuningdek, tashqi reklama vostalarining "Davlat tili haqida"gi va "Reklama to‘g‘risida"gi qonunlarga rioya etilishi qayd etildi.
Mahallalarda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashib, mahalla hududini obod qilish, ariqlarni tozalash, noqonuniy ko‘cha savdosining oldini olish yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, mas’ul idora vakillari ushbu ishlarni samarali tashkil etishda ko‘maklashish lozimligi tushuntirildi.