“Uch avlod uchrashuvi” taassurotlarga boy bo‘ldi
Yosh avlod turmush sinovlarida toblanib, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan kishilar ko‘magi va maslahatiga doim ehtiyoj sezadi.
Mehnatsevar, halol-pok, diyonatli, el ishi uchun fidoyi inson bo‘lib ulg‘ayishni istagan o‘g‘il-qizborki albatta keksalarning mazmunli umr yo‘liga nazar solib, ularning boy hayotiy tajribasini o‘rganishi, ezgu xislat va fazilatlaridan na’muna olishi lozim.
Shu maqsadda Samarqand tumani Mirishkor mahallasidagi 31-ummuta’lim maktabidakeksa, o‘rta va yosh avlod vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Unda yoshi ulug‘ insonlar ko‘p yillik hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda o‘g‘il-qizlarga qimmatli maslahatlar, zarur tavsiyalar berishdi.
Samimiy ruxda kechgan muloqotda keksa avlod vakillari yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, xalqimiz erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar zamirida eng avvalo tinchlik turganligini, osoyishta kunlarimizning qadriga yetish, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘idek asrash lozimligini bot-bot ta’kidladilar.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari tumandagi Xaymari bola mahallasiga tashrif buyurishdi. Mahalla markazida faoliyat olib borayotgankutubxonani ko‘zdan kechirishib, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Yurtimizda kitob mutolasi, kitobxonlikni keng targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar, bu yerda kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Kutubxona faoliyati haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lgan uchrashuv qatnashchilari mahalla markazida tashkil etilgan muzeyni ham borib ko‘rishdi. Bu yerda saqlanayotgan turli davrga oid esponatlarni va ekspozisiyalarni katta qiziqish bilan tamosha qildilar. Yoshlarga xalqimizning uzoq yillik o‘tmishi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar taqdim etilib, o‘quvchi yoshlarning tariximiz, boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi qarashlari yana boyitildi.
“Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand tuman bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu uchrashuvtadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida yanada jipslashib fidoyilik bilan mehnat qilish, kelajak avlodlarni ham shu ruhda kamol toptirishuch avlod vakillari tomonidan eng ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.