Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi kotibiyati mudiri ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Anjumanda Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlari haqida ma’lumot berildi.
- Qayd etilganidek, Xalq deputatlari tuman Kengash deputatlarning aholi bilan yuzma-yuz muloqotlari, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralarini belgilash, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yo‘llash va uning ijrosini nazorat qilish, doimiy komissiyalar va deputatlik guruhlarining Kengashdagi ishtirokini ta’minlash kabi masalalarga Samarqand tumani Kengashi kotibiyatida alohida e’tibor qaratilmoqda, - dedi Xalq deputatlari Samarqand Kengash kotibiyati mudiri Baxtiyor Sharipov. - 2024 yil davomida Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi sessiyalarning yoritilishi, Kengash qarorlarining e’lon qilinishi, normativ-huquqiy tusdagi qarorlarning huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalarida yoritilgan.
Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlari berilgan tartibda yuborilib, so‘rovga muddatida javob berilshi alohida nazoratga olingan.
Joriy yilda Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarga chiqib o‘tkazilgan uchrashuvlar soni 16 marotaba tashkil qilingan. Bunda jismoniy shaxslarning aniqlangan muammolari soni 19 ta ulardan hal etilgani 17 tasi tuman deputatlari tashabbusi bilan bartaraf etilgan.
Hozirga qadar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘tkazilgan ushrashuvlarda yuridik shaxslar tomonidan jami 6 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan ijobiy hal etilganlari 4 ta, rad etilgan murojaatlar soni 1 ta hamda tushuntirish berib o‘tilgan murojaatlar 1 tani tashkil etadi.
Deputatlarning faoliyatlarini monitoring qilib, sessiyalarda eng dolzarb, aholini qiynab kelayotgan masalalarni kiritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Eng muhimi, tuman Kengashi sessiyalari ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn ya’ni jonli uzatilib borilmoqda.
Anjumanda ishtirokchilar savollariga batafsil javob qaytarildi.