Murojaatlar tinglandi

Tuman hokimi S.Usmanov, Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov va sektor rahbarlari ishtirokida qabul tashkil etildi. Unda Xalq qabulxonalariga 150 dan ortiq murojaat qoldirgan 3 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi.

Jumladan, yo‘llarni ta’mirlash, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, svetofor o‘rnatish, kutubxona tashkil etish, maktabgacha ta’lim tashkilotiga tabiiy gaz tarmog‘ini o‘tkazish, ichimlik suvi minorasini elektrlashtirib, foydalanishga topshirish, daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxslarga nisbattan chora ko‘rish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga qisqa muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Ayrim masalalar yuzasidan murojaat mualliflariga huquqiy tushuntirish berildi va 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM