Bir kunda ikkita mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Samarqand tumanidagi Ohalik mahallasida 3727 nafar fuqaro 764 ta xonadonda istiqomad qilishadi. Bugun aholiga zamon talablariga mos xizmat ko‘rsatish uchun 5 xonali mahalla binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, tuman hokimi S.Usmanov, Xalq qabulxonasi mudiri. I.Murodov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mahalla homiylar tomonidan 300 million so‘m evaziga qurib bitkazildi. Bu yerda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisining samarali faoliyat olib borishlari, hamda mahalla yoshlarining ingliz tilidan sifatli ta’lim olishlari uchun barcha qulayliklar yaratildi.
Shundan so‘ng rahbarlar O‘rta Ohalik mahallasning yangi binosini foydalanish uchun topshirishdi. Ushbu mahallada 759 ta xonadonda 4084 nafar aholi yashaydi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar qilinayotgan har bir ish inson qadri uchun ekanligini ta’kidlashdi. Tadbir davomida ishtirokchilar mahalla ahli uchun yaratilgan qulayliklar, o‘quvchilarning ta’lim olishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, fuqarolar bilan chuhbat ham tashkil etilib, ularning taklif va muammolari shu yerning o‘zida tinglandi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM