Shalg‘amon mahallasi yangi binoga ega bo‘ldi

Samarqand tumanidagi Shalg‘amon mahallasida 277 ta xonadonda 2214 nafar fuqaro istiqomad qilishadi. Bugun aholiga zamon talablariga mos xizmat ko‘rsatish uchun 5 xonali mahalla binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov so‘zga chiqib yaratilgan imkoniyatlar mahalla ahlining muammolarini bartaraf etish, tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashda alohida o‘ringa ega ekanligini ta’kidladi.

Mahalla homiylar tomonidan 270 million so‘m evaziga qurib bitkazildi. Bu yerda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisining samarali faoliyat olib borishlari uchun barcha qulayliklar yaratildi. Ishtirokchilar chadbir davomida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisi bilan kelgusi faoliyati haqida muloqot tashkil etildi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM