Туман ҳокими Бухорий ва Урганжи маҳалласи фуқаролари билан учрашди

Bugun tuman hokimi Sirojiddin Usmanov, IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Anvar Raxmatovlar Buxoriy va Urganji mahallasida bo‘lib, aholining elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish holati bilan tanishdi.

Dastlab, aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirish, ularni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasini muhokama qilindi. Bunda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal etishda quyosh panellari eng maqbul yechim ekanligi ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishdagi mutaxassislar fikri tinglandi. Ushbu quyosh panellarini tez kunda har bir tashkilot, muassasa va aholi xonadonlarida o‘rnatish ishlariga kelishib olindi.

Shundan so‘ng Urganji mahallasida seminar tashkil etildi. Unda tejamkor gaz uskunalarining aholiga uchun afzalliklari xususida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu energiya tejovchi uskunalar 30-40 foiz gaz hajmini tejashi, ortiqcha sarf–xarajatning oldi olinishida muhim ekanligi qayd qilindi. Bu borada aholi tomonidan bildirilgan savollarga mutaxassislar to‘liq javob qaytardi.

 

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM