Navbatdagi ochiq muloqot tumanda milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlandi

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosri Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Xalqimizning ma’naviy merosi, an’analari, urf-odatlari, adabiyoti, san’ati bilan umuminsoniy qadriyatlarning milliy darajada namoyon bo‘lish shakllari islomiy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. 
Ular millatimizning tarixiy rivojlanish jarayonida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan madaniy xususiyatlar va jihatlarda o‘z aksini topadi. Jannatmonand yurtimiz va dono xalqimizning buyuk tarixi, betakror qadriyatlari borki, ular milliy va diniy an’analarni asrlar davomida o‘zida ifoda etib keladi.
Mazkur qadriyatlarni hech qanday kuch, tashviqot va ta’qiqlar o‘zgartirolmaydi. Chunki bu millatimizning ajralmas qadr-qimmatiga aylanib ketgan. Bu yurtimizda doim keng nishonlanib kelayotgan diniy bayramlar — ikki iyd bayramidir. Ushbu kunlarda muhtojlarga yanada ko‘proq mehr-oqibat, xayr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilat.
Bugungi kunda tumandagi har bir mahallada, ta’lim muassasalarida milliy qadryatlarni mustahkamlash, milliy urf – odatlar hamda an’analarni qadrlash bo‘yicha turli mavzulardagi tadbirlar olib borilmokda.
Bu go‘zal odat o‘zida umuminsoniy qadriyatlar va barcha ilohiy ta’limotlar mazmun-mohiyatini mujassam qilgan.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM