IIB xodimlari uchun intizom kodeksi tasdiqlandi

Prezidentimizning 2023-yil 20-yanvardagi qarori bilan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ichki ishlar organlariga qabul qilinganlar uchun dastlabki sinov muddati bir yil etib belgilandi. Shuningdek, intizomiy jazo tariqasida lavozimidan ozod etiladigan xodimlarni boshqa sohaviy tuzilmaga o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yiladi.

Xizmatga birinchi marta qabul qilinganlar malaka oshirish institutida 3 oylik boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tadi.

Qaror bilan kadrlar salohiyati darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar yo‘l xaritasi ham tasdiqlandi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM