Mahalla raislari saylovi adolatli va shaffof o‘tishi kerak

Tuman hokimligida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.


Tadbirda sektor rahbarlari, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi raisi, Xalq qabulxonasi mudiri ishtirok etdi
Unda so‘zga chiqqan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i J.Melikov, ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi raisi Sh.Davronov, komissiya a’zolari M.Nabiyev, S.Mardonovlar siyosiy jarayonni sifatli tashkil etish, qonuniylik va adolat mezonlariga qat’iy amal qilinishi ta’minlash komissiya oldidagi asosiy vazifa ekanini ta’kidladi.
Seminarda bildirilgan fikr-mulohazalar, savollarga to‘liq javob qaytarildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM