“Yosh huquqshunos” tanlovining tuman bosqichi yakunlandi

Maqsad yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘lgan tanlovning tuman bosqichi “Raqamli texnologiyalar markazi”da o‘tkazildi.

Tuman ichki ishlar va Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan tanlov natijalariga ko‘ra, 7-14 yosh toifasida Saxovat mahallasidan Marjona Axatova hamda 14-18 yosh toifasida Intizor Davronova, 18-30 yosh toifasida Mirzo Ulug‘bek mahallasida yashovchi Amir Raximovlar munosib o‘rinlarga ega bo‘ldi.

Gʻoliblar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM