Quyi Turkman mahallasidagi xonadonlar atrofi obod bo‘ladi

Tuman hokimi Sirojiddin Usmanov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganish davomida shunday xulosaga kelindi.


Narpay ko‘chasiga tutash bo‘lgan Quyi Turkman mahallasi hududini obodonlashtirish, aholi xonadonlarining fasad qismini zamon talablariga moslashtirish masalalari muhokama etildi.
O‘rganish jarayonida yangi loyihalar bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalarni berdi.
-  Bugun har birimiz xavfsizlik qoidalari va hudud obodligiga to‘la amal qilgan holda o‘z vazifamizni o‘z vaqtida bajarishimiz lozim, - dedi hokim. - Chunki, yo‘qotgan imkoniyatlarni ertaga tiklab bo‘lmaydi. Albatta, har bir ishda aholi manfaatlari ustivor bo‘lishi kerak.


Shundan so‘ng rahbarlar qurilish ob’yektlari va aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning murojaatlarini tinglandi. Hududlarni obodonlashtirish borasida kerakli tavsiyalar berdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM