“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida Samarqand tumani nuroniylari ham bor 

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining joriy yil 6 maydagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, turli sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi samarqandlik nuroniylardan bir guruhi  I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan viloyat hokimligida ushbu ko‘krak nishonini taqdim etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etib, keyingi yillarda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, shunga monand nuroniylarning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar rivoji uchun qo‘shayotgan hissasi haqida gapirdi.
So‘ngra 90 nafar faol nuroniylarga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni hamda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini topshirdi. Tadbirda Samarqand tumanidan bir gurux nuroniylar ham ishtirok etdi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM