Mahalla raisi o‘z mahallasining egasi bo‘lishi kerak

Oldingi xabarlarimizda ma’lum qilganimizdek, ayni kunlarda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari uchun ikkinchi bosqich malaka oshirish o‘quvlari o‘tkazilmoqda. Mazkur o‘quvlar doirasida viloyat hokimining mahalla raislari bilan uchrashuvi ham dasturdan o‘rin olgan.  

Bugun Samarqand davlat universitetining katta majlislar zalida 170 nafar Kattaqo‘rg‘on shahar, Jomboy, Bulung‘ur, Ishtixon va Samarqand tumanlaridagi  mahalla raislarining viloyat hokimi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi raislarning bugungi jamiyatdagi roli haqida so‘zlab, mahalla raisi tom ma’noda o‘z mahallasining egasi bo‘lishligi, mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektorlari bilan qay tarzda ish olib borish kerakligi borasidagi fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv savol-javobga boy bo‘lib, mahalla raislari ularni qiynab kelayotgan muammolari haqida so‘zlab berishdi. Muammolar atroflicha muhokama etilib, yechimi yuzasidan tavsiyalar va mas’ullarga topshiriqlar berildi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM