Hokim Qoziqo‘rg‘onda qabul o‘tkazdi

Samarqand tumanidagi Qoziqo‘rg‘on mahallasi aholisining turmush darajasini yaxshilash, ularning doimiy daromad manbalarini yaratish, qishloqning arxitektura qiyofasini yangilash va obodonlashtirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab olingan. Qabulda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov dastlab, shu xususida so‘z yuritdi.
Xususan, ichki va asosiy yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha Qoziqo‘rg‘onda 6 kilometr tosh-shag‘al hamda asfalt qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu yo‘llarni ta’mirlash maqsadida tender savdolariga qo‘yilgan. Mahallaga 1 dona yangi suv inshootini qurish hamda 7,2 kilometr yangi tarmoq tortish ishlari ham reja asosida olib borilmoqda.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 1 ta yangi transformator o‘rnatish, 1900 metr elektr tarmog‘i tortish, bundan tashqari 50 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilishi ham belgilangan.
Qabulda bundan tashqari fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar ham sektor rahbarlari tomonidan muhokama qilindi. Har bir murojaat o‘z vaqtida ijobiy yechim topishi bildirildi. Shuningdek, mahallada olib boriladigan o‘zgarishlar borasidagi loyiha ham fuqarolar e’tiboriga havola qilindi. Murojaatlar ijrosi bo‘yicha tegishli tashklotlarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM